The event was held with the participation of deputies of the Legislative Chamber of the Oliy Majlis

The event was held with the participation of deputies of the Legislative Chamber of the Oliy Majlis

Renessans Ta’lim Universitetining Pedagogika-filologiya kafedrasi tomonidan «Yoshlar ma’naviy olamini yuksaltirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni» mavzusida tadbir tashkil etildi. Unga mehmon sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari: Farida Afro‘z, Dilorom Imomova hamda Muhammadjon Valiyev taklif etildi.
 
Tadbirni universitet rektori Nusratilla Barakayev o‘zining jo‘shqin nutqi bilan ochib berdi va mehmonlarning barchasini birma-bir tanishtirdi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo'mitasi deputati Muhammadjon Valiyev zalda yig‘ilganlarga Davlat tuzilmasi va Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va ushbu palata nima ish bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida taqdimot orqali to‘liq ma’lumot berdi.
.
 
Shundan so‘ng, deputat Dilorom Imomova so‘zga chiqib Yoshlarga oid ishlab chiqilayotgan barcha qonun osti hujjatlar, shuningdek, Qonunchilikdagi yangiliklar xususida gapirdi. U o‘z nutqi davomida: “Konstitutsiya — bu davlatning passporti” — degan qimmatli jumlani keltirdi.
 
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Farida Afro‘z o‘z so‘zini she’riyat bilan boshladi. Deputat shoira ham hisoblanib, uning she’rlari mashhur san’atkorlar tomonidan qo‘shiq qilib kuylangan. 
Farida Afro‘z chiqishi davomida yoshlarga adabiyot, uning inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi yuksak o‘rni haqida boy ma’lumotlar berdi. Undan keyin, yoshlar bilan savol-javobga navbat berildi va talabalar bergan savollariga atroflicha javob olishdi.
 
Tadbir yakunida lirik chekinish qilindi, unda RTU talabasi Farida Afro‘zning she’rlari ijrosidagi  qo‘shiqlarni kuyladi.