Nuraliyev Shohruh Shavkat o‘g‘li Renessans ta’lim universiteti rektori etib tayinlandi

Nuraliyev Shohruh Shavkat o‘g‘li Renessans ta’lim universiteti rektori etib tayinlandi

U 1993-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik universiteti, Koreyaning Songyungvan universiteti hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli Oksford universitetida tahsil olgan.
 
Sh.Nuraliyev mehnat faoliyati davomida BMT Taraqqiyot Dasturining (UNDP) О‘zbekistondagi vakolatxonasi va О‘zbekiston Respublikasi Hukumati о‘rtasidagi qо‘shma loyiha komponenti rahbari, Oksford universiteti Blavatnik nomidagi Davlat boshqaruvi maktabi magistranti, Oksford Martin instituti Sun’iy intellekt boshqaruvi loyihasi tadqiqotchisi, Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bо‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi Iqtidorli yoshlar va mutaxassislar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan. 
 
Sh.Nuraliyevga yangi lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!