Nufuzli xalqaro jurnallarga maqola yozish va unda miqdoriy tahlilning roli

Nufuzli xalqaro jurnallarga maqola yozish va unda miqdoriy tahlilning roli

2024-yil 2-noyabr kuni Renessans ta’lim universitetida “Nufuzli xalqaro jurnallarga maqola yozish va unda miqdoriy tahlilning roli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 
Tadbirda Janubiy koreyaning Yonsei universitetida 2020-2024-yillar davomida iqtisodiyot bo‘yicha doktoranturada tahsil olgan va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy unvoniga ega Tursunov Ulug‘bek Avazbek o‘g‘li ishtirok etdi.
 
Tursunov Ulug‘bek, o‘z ma’ruzasida, xalqaro nufuzli jurnallarda maqola nashr qilishda miqdoriy tahlilning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi. U xorijiy tajriba asosida nashr etilgan ilmiy maqolalarning sifatini oshirish usullari, jumladan, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
 
 
Tadbirda, shuningdek, nufuzli jurnallarda maqolalar nashr etish uchun tadqiqotchilarga qo‘yiladigan talablar, bu yo‘lda duch kelinadigan asosiy vazifalar va ularni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur yondashuvlar muhokama qilindi. Tursunov Ulug‘bek bu jarayonda muvaffaqiyatga erishgan tadqiqotlarning aniq misollari asosida yo‘l-yo‘riq berdi.
 
Bu kabi tadbirlar orqali tadqiqotchilarning ilmiy maqolalar tayyorlashda xalqaro talablar haqida ma’lumotlarni bilib olish va tajriba almashish imkoniyatlari kengayib bormoqda.