An interview with a Malaysian lecturer was organized

An interview with a Malaysian lecturer was organized

 Malayziyaning Sarawak (UNIMAS) universiteti san’at boshqaruvi ma’ruzachisi, turizm menejmenti eksperti Shaik Azahar Bin Shaik Hussain Renessans ta’lim universitetiga tashrif buyurdi.

Universitet rektori Barakayev Nusratilla Rajabovich tomonidan iliq kutib olingan mehmon, tashrifi doirasida Xorijiy filologiya hamda Iqtisodiyot kafedralari talabalari bilan uchrashdi va birinchi marta O‘zbekiston oliygohida trening o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
 
Mr Azaharning ta’kidlashicha, mashg‘ulot jarayoniga talabalar juda ham faol va ishtiyoq bilan ishtirok etishdi. Shu bilan bir qatorda, ular unga o‘zbek madaniyati xususida bilmagan ma’lumotlarini berib, xorijlik mutaxassisni mamnun qilishdi.