“InnoWeek-2024” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi

“InnoWeek-2024” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi

Toshkentda 14-16 noyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan “InnoWeek-2024” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi “Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida xalqaro startaplar maydoniga aylandi.
UzExpoCentre binosida tashkil etilgan ushbu haftalikda 30 dan ziyod loyihalar – innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi, startap loyihalar taqdimoti va Redfest robototexnika musobaqasi o‘rin olgan.
Bu yilgi haftalikda Renessans ta’lim universitetining 300 nafardan ortiq talabalari qatnashib, xalqaro innovatsiyalar jamoasi bilan yaqin aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“InnoWeek-2024” nafaqat innovatsion g‘oyalarning almashinuv maydoni, balki rivojlanayotgan davlatlarning ilm-fan va texnologiya parklarini rivojlantirish va boshqarish siyosati bo‘yicha tajriba almashish maskani hamdir. Haftalik doirasida yosh startaplar uchun akseleratorlar va boshqa ko‘plab innovatsion loyihalar uchun yo‘naltiruvchi ma‘lumotlar beriladi.
2018-yildan beri muntazam o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi yirik mahalliy va xalqaro kompaniyalar, investitsiya fondlari, diplomatlar, tadbirkorlar, olimlar, startap asoschilari va davlat tashkilotlari vakillarini birlashtirib, mamlakatni innovatsiyalar orqali rivojlantirish yo‘lidagi muhim platformaga aylangan.