Ilm va texnologiya maskani: Axborot-resurs markazi faoliyatiga nazar

Ilm va texnologiya maskani: Axborot-resurs markazi faoliyatiga nazar

Renessans taʼlim universiteti Axborot-resurs markazi bugungi kunda universitetning taʼlim jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng va sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Axborot-resurs markazining umumiy fondi 125 723 nusxani tashkil etadi.
Badiiy adabiyotlar, siyosiy adabiyotlar, o‘quv adabiyotlari, uslubiy qo'llanmalar shular jumlasidan.  
– Axborot-resurs markazimiz hozirda 6 mingdan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadi, – deydi markaz xodimi  Sanobar Rahmonova – Kitoblar foydalanuvchilarga kitobxonlik formulyari orqali beriladi. Qulay tomoni zamonaviy kompyuterlar yordamida elektron darsliklardan foydalanish imkoniyati ham mavjud. Har yili markaz fondi yangi kitoblar bilan to‘ldirib borilmoqda.
Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar, shuningdek, iqtisodiyot, turizm, filologiya, ingliz, arab va fransuz tillarini o‘qitish, tarix, boshlang‘ich va maktabgacha taʼlim, pedagogika, psixologiya, sport faoliyati, axborot texnologiyalari, matematika hamda tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha zarur ilmiy va o‘quv adabiyotlar ham kutubxona fondidan joy olgan.  
 
Hozirgi kunda markaz universitetning 3 ta o‘quv binosiga xizmat ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatish bo‘limi, elektron resurslar Telegram kanali, zamonaviy jihozlangan o‘quv zallari va jami 220 o‘rinli kutubxona professor-o‘qituvchilar va talabalar ixtiyorida. Foydalanuvchilar o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlarning bosma va elektron namumalaridan foydalanishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
 
Shuningdek, yil davomida markaz tomonidan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va kitob yarmarkalari o‘tkazib boriladi.