Universitetimiz talabalarining jismoniy tayyorgarligi va ular orasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida belbog‘li kurash to‘garagi muntazam faoliyat yuritmoqda.
Mashg‘ulotlar haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari, soat 15:00 dan 16:30 gacha bo‘lib o‘tadi. Unda talabalarning kuch, chaqqonlik, muvozanat va chidamlilik kabi muhim sifatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga ular milliy sport an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalanmoqda.
Sport bilan shug‘ullanish natijasida insonning jismoniy kuchi va harakatchanligi oshadi, mushaklari ham rivojlanadi.
Siz ham universitetimizda faoliyat yuritayotgan belbog‘li kurash to‘garagi ishtirokchilari safiga qo‘shiling.