“DOLZARB 90 KUN”: Har kun – bitta kitob!

“DOLZARB 90 KUN”: Har kun – bitta kitob!

Yoz fasli – o‘z ustimizda ishlash, fikrimizni boyitish uchun ham eng zo‘r fursat. Aynan shu niyat bilan Renessans ta’lim universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “90 kunga 90 kitob” nomli yangi tashabbus boshlandi.
 
Loyiha oddiy: har kuni bitta kitob. Maqsad esa katta – kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning bilimga, adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bu orqali ularni ma’naviy jihatdan boyitish. Eng e’tiborlisi – bu jarayonda zamonaviy texnologiyalar ham qo‘llanmoqda: kitoblar elektron, audio va video shakllarda ham taqdim etiladi. Bularning barchasi bepul va ochiq – istagan yosh kitobni o‘qiydi, eshitadi yoki tomosha qiladi.
 
Shunday qilib, “Dolzarb 90 kun” yoshlar uchun o‘z ustida ishlash, ichki dunyosini boyitish va chin ma’noda o‘zini topish sari tashlangan qadamdir.