DIQQAT, ZAKOVAT FINAL O'YINI

DIQQAT, ZAKOVAT FINAL O'YINI

Renessans ta’lim universiteti talabalar o‘rtasida “Zakovat ligasi”ning 2024/2025-o‘quv yili uchun yakuniy final bosqichini e’lon qiladi.
 
🎓 Intellektual bellashuvning finalida kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan, saralash bosqichlarida yuqori natijalar qayd etgan eng kuchli jamoalar ishtirok etadi.
 
📌Eslatib o'tamiz:
🔹 Har bir jamoa 6 nafar asosiy ishtirokchi va 1 nafar zahira o‘yinchidan iborat bo‘lishi lozim.
🔹 Final o‘yini 2 turdan iborat bo‘lib, har bir turda 10 tadan savol o‘ynaladi.
 
🎉 Final o‘yinlari tantanali tarzda o‘tkaziladi.
 
⌛️Bellashuv 24-may kuni, soat 10:00 da  bo‘lib o‘tadi.
📍 Manzil: Renessans ta’lim universiteti, "A" bino, 7-qavat, Faollar zali
 
✨📚Bilimdonlar maydonida faqat eng kuchlilar g‘alaba qozonadi.Barchangizni finalga chorlaymiz.