Bugun Renessans ta’lim universitetida giyohvandlik va narkojinoyatchilikning salbiy oqibatlaridan ogohlikka qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi

Bugun Renessans ta’lim universitetida giyohvandlik va narkojinoyatchilikning salbiy oqibatlaridan ogohlikka qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi

Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar qatnashdi. Tadbirda Ichki ishlar akademiyasi magistranti, podpolkovnik Akmal Mirzayev hamda Shayxontohur tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi Yoshlar masalalari bo‘yicha katta inspektori Ilhom Saidov ishtirok etib, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining yoshlar, ota-onalar va pedagoglar uchun yo‘naltirilgan qo‘shma murojaati o‘qib eshittirildi.
Uchrashuvda giyohvandlikning shaxs, oila va jamiyat uchun xavfli oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Yoshlarni ushbu illatdan asrashda ota-ona va ustozlarning o‘rni muhimligi qayd etildi. 
Dastur doirasida giyohvandlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash mavzusiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.