Bobur – benazir siymo 

Bobur – benazir siymo 

14-fevral – buyuk shoir va adolatparvar davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Bu yil shoirning 542 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Renessans ta’lim universitetida “Bobur – benazir siymo” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Boburning hayoti va ijodi, uning xalq ma’naviyatidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Kecha milliy kuy-qo‘shiqlar va go‘zal raqslar bilan boshlangandi. 
 
Talabalarimiz tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Ular tomonidan ifodali tarzda o‘qilgan Boburning diltortar g‘azallari barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Boburning nafaqat shoir, balki dono davlat arbobi sifatidagi faoliyati, bilimga bo‘lgan intilishi, Vatan va adolat yo‘lidagi xizmatlari bugungi avlod uchun katta ahamiyatga ega.