Bitiruvchilar bandligini ta’minlash – eng oliy maqsad

Bitiruvchilar bandligini ta’minlash – eng oliy maqsad

2025-yil 9-oktyabr kuni Renessans ta’lim universitetida “Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash – eng oliy maqsadimiz” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori Shohruh Nuraliyev ochib berdi. Seminar bitiruvchilar bandligini ta'minlash, “my.mehnat.uz” va “vacancy.argos.uz” elektron platformalari orqali ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi bosh inspektori N.Kutlimuratova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Aholi bandligini ta’minlash departamenti bosh mutaxassisi M.Ochilov, Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi direktor o'rinbosari S.Jo‘rayev, “O‘zbekiston Milliy banki” AJ Uchtepa filiali loyiha menejeri B.Aralov hamda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv markazi direktori D.Muxitdinov ma’ruza bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash masalalari, “my.mehnat.uz” va “vacancy.argos.uz” platformalarining imkoniyatlari, yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi mazmuni hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
 
Seminar savol-javoblar, bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Bunday uchrashuvlar bitiruvchilarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishida, ularning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.