Bitiruv oqshomi unutilmas onlarni hadya etdi

Bitiruv oqshomi unutilmas onlarni hadya etdi

Bugun Renessans taʼlim universitetining bitiruv oqshomi juda hayajonli oʻtdi. Yoshlar ijod saroyida boʻlib oʻtgan tadbirda bitiruvchilarimizning ko‘zida quvonch, qalblarida yangi orzu va maqsadlar porlab turdi.
Bu oqshom yillar davomida erishilgan mehnat, bilim va sabr-toqatning yorqin yakuni boʻldi. Har bir bitiruvchi uchun bu kun unutilmas xotira, yangi hayot bosqichining ilk qadami boʻlib tarixda qoladi.
Renessans taʼlim universiteti jamoasi barcha bitiruvchilarimizni chin dildan samimiy tabriklaydi.