Ayni damda “Filologik tadqiqotlar taraqqiyoti va ta’lim muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori darajada o‘tmoqda

Ayni damda “Filologik tadqiqotlar taraqqiyoti va ta’lim muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori darajada o‘tmoqda

Tadbirda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar so‘zga chiqib, ilmiy qarashlarini, ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
Ushbu nufuzli konferensiya filologiya fanining bugungi holatini, uning taraqqiyot istiqbollarini muhokama qilish, ilg‘or tajribalar almashish va yangi ilmiy yondashuvlarni joriy etish uchun muhim maydonga aylanmoqda.
Ishtirokchilarning ta’kidlashicha, xalqaro darajadagi bunday ilmiy muloqotlar til, adabiyot va ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlab, ilmiy izlanishlarning samaradorligini oshiradi.