RTUda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi

newsIn

RTUda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talabalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi

Renessans ta’lim universitetida Sport kafedrasi tomonidan talaba-yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining 2024/2025-oʻquv yilidagi bahslariga start berildi.
 
Musobaqalar 4 ta sport turi bo‘yicha: mini-futbol, stritbol, voleybol va yengil atletika bo‘yicha o‘tkazildi.
Xususan, mini-futbol turidan 14 ta jamoa ishtirok etdi va yakunda 1-o‘rin SF 25-23 guruhga nasib etdi.
Sportning stritbol turidan erkaklar jamoasidan 14 ta, qizlardan esa 12 ta jamoa  ishtirok etdi quyidagi natijalar qayd etildi.
 
Erkaklar jamoasidan:
1-o‘rin SF 25-23-guruh;
2-o‘rin SF 7-24-guruh.
 
Qizlar jamoasidan:
1-PS 5-24-guruh;
2-o‘rin SF 25-23-guruh;
3-o‘rin SF 7-24-guruh.
Voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda  erkaklar jamoasidan 14 ta, qizlardan 12 ta jamoa  ishtirok etdi. 
Erkaklar jamoasidan: 
1-o‘rin SF 25-23-guruh;
2-o‘rin SF 7-24-guruh;
3-o‘rin 2-kurs XM  g ‘olib bo‘ldi. 
 
Ayollar jamoasidan:
1-o‘rin Filologiya 17-24-guruh;
2-o‘rin SF 25-23-guruh;
3-o‘rin SF 7-24-guruh.
Yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvda 45 nafar yigit, qizlardan esa 75 nafar ishtirokchi qatnashdi. Unda epchil va chaqqonligini ishga solgan bir necha muvaffaqiyatli qatnashchilar g‘alaba qozonishdi.