Renessans Ta’lim Universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 24.10.2023 № 150241 davlat litsenziyasi asosida tashkil etilgan. Maqsadimiz yuqori malakali bakalavriat talabalarini kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlashdan iborat. Аkademik faoliyatni mahalliy va xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvchilari bo‘lgan xalqaro va mahalliy professorlar amalga oshiradilar. Bizning missiyamiz: Universitetni jamiyat va iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanish muammolariga samarali javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, mamlakat va xorijda tan olingan ilmiy-ta'lim muassasa darajasiga erishish. Renessans Ta’lim Universitetida hozirgi kunda 5 ta kafedra va 35 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, talabalar 4 yil davomida matematika, tarix, falsafa, adabiyot, pedagogik bilimlar, jahon iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlar, turizm, bank ishi, moliya, buxgalteriya va soliq, axborot tizimlari, IT, dizayn bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.