Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha Tayvan bilan kelishuvga erishildi

newsIn

Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha Tayvan bilan kelishuvga erishildi

Tayvanning “Nuwa Robotics” kompaniyasi vakillari Renessans ta’lim universitetiga tashrif buyurishdi.
 
Uchrashuvda hamkorlar bir nechta masalalar yuzasidan suhbatlashishdi. Jumladan, robotlarni boshqarish va dasturlash bo‘yicha darslar olib borish, robotlar yordamida biznes strukturani rivojlantirish, sun’iy intellekt orqali texnologiyalar yaratish mavzularida memorandum imzolashga kelishildi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, “Nuwa Robotics” kompaniyasi 2019-yildan buyon robotlar sotuvini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, 5 dan ortiq tillar programmasi hamda 1000 dan ortiq o‘quv materiallari va dasturiy ta’minot shablonlari mavjud. Bugungi kunda u Tayvanning eng yirik AI ta’lim robotlari kompaniyasi hisoblanadi. 
 
Kompaniya “Danny”, “Kebbi”, “Kebbi Air”, “Nuwa Ocular”, “Kebbi Air S”, “Kebbi Air RobotCreator” hamda ofitsiant va xizmat ko‘rsatuvchi konfiguratsiyasida ishlovchi “Service Robot” kabi robotlarni ishlab chiqarmoqda. 
Shuningdek, kompaniya autizmga chalingan bolalar bilan ishlashda STEAM texnologiyasi yordamida robotlardan foydalanish dasturini amaliyotga tatbiq etib kelmoqda.