Renessans ta’lim universitetida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni savdo boshqarmasi vakillari ishtirokida simpozium tashkil etildi.
Unda Xalqaro aloqalar bo‘limi vakillari hamda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni savdo boshqarmasining boshlig‘i o‘rinbosari, xorijiy investitsiyalar va iqtisodiy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i ,shuningdek, boshqalar ham qatnashishdi.
Ular universitetdagi yo‘nalishlar, unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan to‘liq tanishishdi. Shundan so‘ng, ular o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun onlayn darslarni tashkil qilishga kelishib olishdi. Nafaqat onlayn, balki, oflayn tarzda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoniga borib, yangi bilimlarni o‘zlashtirishni aytib o‘z yurtlariga taklif qilib qolishdi.
Shuningdek, uchrashuvda: arxitektura, qurilish, qishloq xo‘jaligi, sport, IT sohalarini yanada rivojlantirishga oid takliflar berildi.