Qozon federal universiteti vakili RTU’ga tashrif buyurdi

newsIn

Qozon federal universiteti vakili RTU’ga tashrif buyurdi

Qozon federal universiteti Rossiyadagi eng qadimiy universitetlardan biri hisoblanadi. U 1804-yilning 5-noyabrida tashkil topgan.

Qozon federal universiteti vakili tashrifi chog‘ida Renessans ta’lim universitetida yaratilgan shart-sharoitlar, undagi yo‘nalishlar bilan tanishib chiqdi. Shuningdek, Pedagogika va psixologiya kafedrasiga alohida ahamiyat qaratdi va xalqaro monografiya loyihalari, xalqaro hamjamiyatda tadqiqotlar qilishga, xalqaro konferensiyalarda maqolalar e’lon qilishga, o‘qituvchilar malakasini oshirishda hamkorlik qilishga taklif kiritdi.
RTU rektori Nusratilla Barakayev mehmonga Qozon federal universiteti professor-o‘qituvchilari va bizning o‘qituvchilar bilan birgalikda monografiya yozib, nashr qilishlarini, nashr tili ikkita tilda: o‘zbek hamda rus tillarida chiqarilishini, shunda ikki taraf uchun ham manfaatli bo‘lishini aytib o‘tdilar.

Shu bilan birgalikda, u kishiga Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri Gulnoza Bahodirova tomonidan Qozon federal universitetidan bir necha mutaxassislar ta’lim berish uchun bu yerga kelib ishlashlari taklifini berdilar. 

Uchrashuv so‘nggida, vakil Tatariston milliy do‘ppisi va chak-chakini rektor Nusratilla Barakayevga tuhfa qildi. Ularga esa, universitetning maxsus sovg‘asi berildi.