Renessans ta’lim universitetida “Yangi Renessans istiqbolida filologik-pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati“ mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Ushbu konferensiyada bir qancha nufuzli xorijiy va respublika ta’lim muassasalari ishtirok etishdi va o‘sha kuni RTU ularning biri bilan memorandum imzoladi.
Xususan, Qirg‘iziston Respublikasi V.Osmanov nomidagi Jalolobod davlat universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi va ikki tomonlama shartnoma imzolandi. Kelishuv asosida ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yilib, qator vebinar va uchrashuvlar o‘tkazish masalalari kelishib olindi.