Pekin elektr texnologiyalar kasb-hunar instituti bilan og‘zaki kelishuv amalga oshirildi

newsIn

Pekin elektr texnologiyalar kasb-hunar instituti bilan og‘zaki kelishuv amalga oshirildi

Renessans ta’lim universiteti va Pekin elektr texnologiyalar kasb-hunar instituti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda rektor Nusratilla Barakayev, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ma Cuiling, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Askarov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shakarov Qulmat hamda Pekin elektr texnologiyalar kasb-hunar instituti vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv mobaynida tomonlar hamkorlikning turli jihatlarini muhokama qilishdi. Unga ko‘ra, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi orqali hamkorlikni chuqurlashtirishga o‘zaro xohish bildirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, innovatsion faoliyatni birgalikda amalga oshirish borasida muzokaralar olib borildi.
Jarayon davomida, ikkala oliygoh ham taqdimot qilishdi va yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlar berishdi. Shu bilan birgalikda, bir-birlarida mavjud bo‘lmagan yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib, kelajakda ushbu yo‘nalishlarni ochish taklifi ham keltirib o‘tildi.
Uchrashuv juda samarali yakunlanib, tomonlar kelgusida hamkorlik va tajriba almashishga tayyor ekanliklarini bildirdi.