Filologiya fanlari dokori (DSc), professor Raupova Laylo Raximovnaning ilmiy maktabi

Filologiya fanlari dokori (DSc), professor Raupova Laylo Raximovnaning ilmiy maktabi

Ilmiy maktab rahbarining tajribasi, yutuqlari

Respublikamizda tilshunoslik sohasida samarali tadqiqotlar olib borilmoqda.  L.Raupova Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.fil.60.02 raqamli ilmiy kengash aʼzosi,   Oʻzbekiston Milliy universiteti 10.00.01- Oʻzbek tili, 10.00.11-Til nazariyasi, Andijon chet tillar institutida tashkil qilingan  10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, 10.00.11-Til nazariyasi ilmiy kengash aʼzosi,  hamda BuxDUda tashkil qilingan 10.00.01-Oʻzbek tili ixtisosligidagi Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi. Filologiya fanlari doktori L.R.Raupovaning ilmiy, jamoatchilik faoliyati munosib baholangan. U “Xalq  maorifi aʼlochisi» (2011),  “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan (2020-yil), Alisher Navoiy nomli  koʻkrak nishoni bilan (2023-yil) taqdirlangan. 

Ilmiy maktabning tadqiqot mavzusi, Ilmiy xodimlari, hamkorlik aloqalari

Zamonaviy tilshunoslik yoʻnalishlari: antropotsentrik tilshunoslik, diskurs va uning tahlili, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, lingvokulturologiya, sotsiopragmatika tadqiqiga aloqador ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ilmiy maktab faoliyati va natijadorligi

Respublikamizda tilshunoslik sohasida samarali tadqiqotlar olib borilmoqda. Uning ilmiy rahbarligida 3 ta doktorlik (DSc) va 26 ta falsafa doktori(PhD) dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.  300 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlari nashr etilgan, shundan: 6 ta  darslik,  5  ta monografiya, 18 ta  oʻquv-metodik ishlanma, 15 ta oʻquv- uslubiy qoʻllanma, 280 dan ortiq ilmiy maqola nashr ettirilgan. Ulardan 12 ta maqolasi xorijda, jumladan, 5 tasi SKOPUS bazasiga kirgan jurnallarda chop etilgan. L.Raupova Andijon uslubiy qoʻllanma, 280 dan ortiq ilmiy maqola nashr ettirilgan. Ulardan 12 ta maqolasi xorijda, jumladan, 5 tasi SKOPUS bazasiga kirgan jurnallarda chop etilgan. L.Raupova Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.fil.60.02 raqamli ilmiy kengash aʼzosi,   Oʻzbekiston Milliy universiteti 10.00.01- Oʻzbek tili, 10.00.11-Til nazariyasi, Andijon chet tillar institutida tashkil qilingan  10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, 10.00.11-Til nazariyasi ilmiy kengash aʼzosi,  hamda BuxDUda tashkil qilingan 10.00.01-Oʻzbek tili ixtisosligidagi Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi.

L.Raupova ilmiy maktabi a’zolar ustozlarining ilmiy izlanishlarini yangi boshqichga olib chiqib, tilshunozlikning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z izlanishlarini davom ettirmoqdalar. Jumladan, N.Xursanov, G.Niyazova, A.Ismatovlar kognitiv tilshunoslik, gender lingvistikasi, diskurs tadqiqi kabi tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlarda izlanishlar olib borishib o‘z ilmiy maktablariga asos solmoqdalar.

Germaniya (2023), Xitoy (2018, 2019), Turkiya Anqara , Istambul va Karabuk universitetlarida (2017, 2018, 2021, 2023) TOP-1000talik roʻyxatga kirgan Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universitetining (Al-Farabi Kazakh National University) magistratura va bakalavr talabalariga, TOP-1000talik roʻyxatga kirgan Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro-qozoq turk universitetining Turkologiya  yoʻnalishida, Qozogʻistonning Atirau universiteti, Qozogʻiston Respublikasida joylashgan Jumabek Tashenev nomidagi universitet talabalariga  maʼruzalar oʻqigan. Turkiyaning Istanbul universiteti professori Aynur Oʻz Oʻzjan bilan hammualikda “Oʻzbek tili” oʻquv qoʻllanmasi nashr qilingan. Qozogʻiston Respublikasi Jumabek Tashenev nomli universiteti dotsenti Sh. Naraliyeva bilan hamualliflikda “Hozirgi oʻzbek tili leksikologiyasi  va frazeologiyasi” nomli oʻquv qoʻllanmasi nashr qilingan. M.Mirzaxidova (Kirgiziston), Muratbek Bagila Kurmanbek kыzы (Kozogiston). Hammualiflikda   “Turkiy tillarning qisqacha ommabop grammatikasi” oʻquv qoʻllanmasi nashr qilingan.

Ilmiy tadqiqot ishlari oʻzbek tilining izohli lugʻatini tahrir qilishda, boyitishda, amaliy samaradorligini oshirishda ilmiy-nazariy hamda amaliy manba boʻlib kelmoqda. Oʻzbek tili korpuslarini yaratishning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Sotsipragmatik, pragmatik, kognitiv tilshunoslik sohalarining rivoji uchun muhim manbalar tayyorlanmoqda.