Matematika va Axborot texnologiyalari kafedrasi

Matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi RTU Kengashining 2023-yil 30-avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
 
Matematika va axborot texnologiyalari kafedrasining asosiy missiyasi kafedra tarkibidagi yo‘nalishlar talabalariga yuqori saviyadagi dars mashg‘ulotlari o‘tish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, universitetning rivojlanish strategiyasidan kelib chiqqan holda kafedra professor - o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish, Xalqaro va Respublika miqyosida ilmiy maqolalar chop etish va konferensiyalarda ishtirok etish, katta tajribaga ega Respublika va xalqaro miqyosdagi universitetlar va korxonalar bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish orqali universitetni milliy va xalqaro reytingda yuqori o‘ringa olib chiqish.
 
Bundan tashqari, talabalar Abdulaziz Abdulatifov, Abdujalil Kurchiyev Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan matematika bo‘yicha IV Xalqaro ochiq fan olimpiadasida (OMOUS-2024) Rossiya, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Bolgariya kabi rivojlangan 15 dan ziyod mamlakatlardan tashrif buyirgan 600ga yaqin ishtirokchilar orasidan A va B kategoriya bo‘yicha 3-o‘rinni egallab, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

leadership

Yunusov G‘anisher G‘afirovich

2007-yil 17-oktyabrda “01.02.05 – Suyuqlik, gaz va plazmalar mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Ochiq oqimlarning ajralish sohasidagi gidrodinamik parametrlar” mavzusida texnika fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqqiyatli himoya qilgan.
 
Hozirgi kunda “Katta hajmdagi ko‘p fazali suyuqliklar oqimi nazariyasi tadqiqoti” mavzusida doktorlik ishini olib bormoqda.
 
Pedagogik faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanma muallifligida va hammuallifligida nashr etilgan.

Bizning o'qituvchilar