Pedagogika-filologiya kafedrasi

Pedagogika-Psixologiya kafedrasi RTU Kengashining 2023-yil 30-avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
 
Pedagogika-Psixologiya kafedrasining asosiy missiyasi Renessans taʼlim universitetining rivojlanish strategiyasi talablari asosida taʼlim sifatini oshirish, Taʼlim-tarbiya va ilmiy sohasidagi xorijiy toʻplangan tajribalar asosida universitet faoliyatini rivojlantirish hamda xalqarolashtirishni taʼminlash, innovatsion pedagogik va psixologiya sohalari oʻquv va ilmiy faoliyat sohalarida tizimli faoliyat olib borilmoqda. 
 
Hamkorlik sohasida kafedra “Muxtor Avezov” nomidagi Qozogʻiston davlat universiteti pedagogika, psixologiya, matematika, fizika, mexanika fakultetlari hamda Respublikamizda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Guliston davlat universiteti, Chirchiq davlat universitetlari bilan taʼlim va ilmiy faoliyat sohasida aʼloqalar oʻrnatilgan. 
 
Tashkilotlar bilan hamkorligi: Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Mehnat bozori va tadqiqotlari instituti bilan yaqindan hamkorlik qilib kelinmoqda.

leadership

Bahodirova Gulnoza Kamalovna

2018-yil 29-noyabrda "13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi" ixtisosligi bo‘yicha "Talabalarning bilish faoliyatini shakllantirishda innovatsion yondashuvlar (bilim va ta’limning pedagogik sohalari misolida)" mavzusida pedagogika fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqqiyatli himoya qildi.
 
Hozirgi kunda 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi" ixtisosligi bo‘yicha "Совершенствование системы управления качеством образования (в условиях модернизации высшего образования на основе зарубежного опыта)" DSc ishini yakunlamoqda. 
 
O‘zining ilmiy va pedagogik faoliyati davomida 5 ta o‘quv qo‘llanma, 4ta darslik, 2ta pedagogik texnologiya muallifi, 3 ta monografiya, 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifligida va hammuallifligida nashr etgan.

Bizning o'qituvchilar