Boshlang‘ich, maktabgacha ta’lim va sport kafedrasi

RTU kengashining  2023-yil 30-avgustdagi 1- sonli qaroriga muvofiq  tashkil etilgan.
 
Kafedraning maqsadi (missiyasi) turli kasbiy  yo‘nalishlarda - “Boshlang‘ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim”, “Dizayn turlari” va “Sport faoliyati (faoliyati turlari)” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha malakali, mustaqil ravishda xulosalar qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, nazariy va amaliy vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda talabalarning mustaqil fikrlovchi, intellektual qobiliyatiga ega va erkin ijodiy yondasha oladigan, jismoniy va axloqiy jihatdan barkamol bo‘lishida ko‘maklashish, individual va jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatish, ularning ilmiy ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy-uslubiy va moddiy texnikaviy shart-sharoitlar yaratish.
 
Hamkorlik sohasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari, sport federatsiyalari bilan kelishuv va shartnomalar yo‘lga qo‘yilgan.

leadership

Saydalikhodjayeva Nilufar Fakhritdinovna

2007-yil 11-martda “13.00.02 – Tarbiya nazariyasi va uslubiyati” (huquqshunoslik) ixtisosligi bo‘yicha "Система правового воспитания учащихся старших классов на основе субъект-субъектных отношений"  mavzusida pedagogika fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqqiyatli himoya qilgan.
 
2013 yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.
Xalq ta’limi a’lochisi.
 
Hozirgi kunda“Система повышения правовой культуры среди студентов негосударственных ВУЗов” mavzusida doktorlik ishini olib bormoqda. 
 
Pedagogik faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanma muallifligida va hammuallifligida nashr etilgan.

Bizning o'qituvchilar