Matematika va iqtisod fakulteti

RTU «Matematika va iqtisod» fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi «Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1028 -son qarori talablaridan kelib chiqqan holda, universitetning 2024-yil 28-avgustdagi № 1-sonli Kengashida muhokama qilingan va ma’qullanib, universitet rektorining tegishli buyrugʻi asosida tashkil etilgan.
 
Fakultet maqsadi: zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini xalqaro maydonga olib chiqish hisoblanadi. 
Fakultet shiori: Ilm-fan yutuqlari – barqaror iqtisodiyot va muvaffaqiyatli tadbirkorlik asosi.
Faoliyatning asosiy tamoyili – «Milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida rivojlanish». 
 
«Matematika va iqtisod» fakultetining istiqboldagi rejalari quyidagilardir:
Yevropa kredit sistemasi (ECTS – European Credit Transfer and Accumulation System) asosida ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish va uni o‘quv jarayoniga amalda to‘liq tatbiq etish;fakultet professor-o‘qituvchilarini xalqaro standartlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borishiga bosqichma-bosqich tayyorlash;
Eng yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini joriy qilishning xalqaro amaliyotiga muvofiq ta’lim jarayonini rejalashtirish, chuqurlashtirish va sifatini yaxshilashni tashkil etishni takomillashtirish;
Xorijiy va milliy reyting indikatorlarini hisobga olgan holda ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish;
Bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish uchun Legal Business Couching treninglarini tashkil etish.
 
Fakultetda dekan, dekan o‘rinbosarlari, uslubchi va dispetcher faoliyat olib boradi.   
 
« Matematika va iqtisod » fakulteti tarkibiga quyidagi 4 ta kafedra kiradi: 

Rahbarlar

leadership

Raxmonov Inomjon Muxtorovich

Ilmiy qiziqishlari sohasi:Texnika, matematika, chet tillari, demokratik jamiyat, ma’naviyat  va globallashuv.
 
Ma’lumoti va ilmiy izlanishi: Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti (hozirgi BuxMTI) da injener-mexanik ixtisosligi bo‘yicha o‘qigan. 2018-yil Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengashda nomzodlik  dissertatsiyasini yoqlagan. 2018-yilda dotsentlik ilmiy unvoniga ega boʻlgan.
 
Ish tajribasi: Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti to‘qimachilik va yengil sanoat fakulteti dekan o‘rinbosari, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti “Tarmoq mashinalari va jihozlari” kafedrasi mudiri, Buxoro muxandislik-texnologiya instituti “Charm, mo‘yna buyumlari texnologiyasi va dizayni”  kafedrasi  mudiri, Buxoro muxandislik-texnologiya instituti  “Paxta va yengil sanoat texnologiyalari” fakulteti dekani, Buxoro muxandislik-texnologiya instituti  “To‘qimachilik va charm sanoati” fakulteti dekani,  Renessans ta’lim universiteti sirtqi fakultet dekani lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan.
 
Olib boradigan dars mashg‘ulotlari (modullar):
Amaliy mexanika, Tikuvchilik korxona jihozlari
 
Ilmiy faoliyat yo‘nalishlari va yutuqlari:
Yuksak qadriyatlarni oziga mujassam etgan, demokratik jamiyatning milliy-ma’naviy negizlarida toblangan barkamol yoshlarni katta hayotga tayyorlash yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib boradi. “Buxoro muxandislik-texnologiya institutining PhD.03/29.10.2021.T.101.03 raqamli ilmiy kengash” a’zosi.
leadership

Raximov Dilshod Turdaliyevich

  • Lavozimi:
  • Mutaxassisliklar:
  • Elektron pochta:
Ilmiy qiziqishlari sohasi: Matematika va iqtisodiyotMa’lumoti va ilmiy izlanishi: Toshkent davlat texnika universiteti magistri.Renessans ta’lim universiteti mustaqil tadqiqotchisi. Hozirda «Yo‘l qurilish tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash» mavzusida ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqda.
 
Ish tajribasi: Artel MCHJ kompaniyasining injener texnologi, Toshkent davlat texnika universiteti sirtqi boʻlim bosh mutaxassisi, Toshkent davlat texnika universiteti sirtqi boʻlim dekan o‘rinbosari, Renessans ta’lim universiteti sirtqi fakultet dekan o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
leadership

Rajabov Rustam Nusratilla oʻgʻli

  • Lavozimi:
  • Mutaxassisliklar:
  • Elektron pochta:
Ilmiy qiziqishlari sohasi: IT texnologiyalari, dasturlash tillari.Toshkent kimyo texnologiyalari instituti magistri.2024 yil Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli Ilmiy kengashda falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasini yoqlagan. Falsafa doktori (PhD).
 
Ish tajribasi: UzAgro sugʻurta AJ da bosh mutaxassis, Toshkent kimyo texnologiyalari assistenti, Toshkent davlat texnika universiteti sirtqi boʻlim dekan o‘rinbosari, Renessans ta’lim universiteti sirtqi fakultet dekan o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
leadership

Avazova Aziza Amanovna

  • Lavozimi:
  • Mutaxassisliklar:
  • Elektron pochta:
Ilmiy qiziqishlari sohasi: Texnika va texnologiya
 
Maʻlumoti va ilmiy izlanishi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.
 
Ish tajribasi: Toshkent davlat texnika universitetining sirtqi bosh mutaxassisi, Toshkent davlat texnika universitetining sirtqi boʻlim uslubchisi,Renessans ta’lim universiteti sirtqi fakultet uslubchisi lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan.
leadership

Sadriyeva Zevarxon Nasim qizi

  • Lavozimi:
  • Mutaxassisliklar:
  • Elektron pochta:
Maʻlumoti va ilmiy izlanishi:
Chirchiq Davlat pedagogika universitetini tamomlagan.
leadership

Zoirova Mushtariy Nodir qizi

  • Lavozimi:
  • Mutaxassisliklar:
  • Elektron pochta:
Ilmiy qiziqishlari sohasi:
Psixologiya Maʻlumoti va ilmiy izlanishi: Renessans taʻlim universiteti 2-kurs talabasi