Filologiya va tarix fakulteti

Renessans taʼlim universiteti Filologiya va tarix fakulteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi “Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1028-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilgan.
 
Fakultet maqsadi: filologiya va ijtimoiy fanlar sohasida zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi nufuzini xalqaro maydonga olib chiqish hisoblanadi. 
 
Fakultet shiori: “Najot-taʼlimda, najot-tarbiyada, najot bilimda”.
 
Faoliyatning asosiy tamoyili – “Taʼlim va tarbiya uygʻunligi - komil insonni shakllantirish garovi”. 
 
Filologiya va tarix fakultetining istiqboldagi rejalari quyidagilardir:
Yevropa kredit sistemasi (ECTS – European Credit Transfer and Accumulation System) asosida taʼlim jarayonini yoʻlga qoʻyish va uni oʻquv jarayoniga amalda toʻliq tatbiq etish;
Fakultet professor-oʻqituvchilarining milliy va xalqaro standartlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borishi uchun imkoniyatlar yaratib berish va ularni bosqichma-bosqich tayyorlash;
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy qilishning xalqaro amaliyotiga muvofiq taʼlim jarayonini rejalashtirish, chuqurlashtirish va sifatini yaxshilashni tashkil etishni takomillashtirish;
Xorijiy va milliy reyting indikatorlarini hisobga olgan holda taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish;bitiruvchilarni ish joyi soʻrab boradigan emas, balki yangi ish oʻrinlarini yaratadigan mutaxassislar qilib tayyorlash.
 
Fakultetda dekan, dekan oʻrinbosarlari, uslubchi va dispetcher faoliyat olib boradi.
                                             
Filologiya va tarix fakulteti tarkibiga quyidagi 3 ta kafedra kiradi:
Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi;
Filologiya kafedrasi;
Xorijiy filologiya kafedrasi

Rahbarlar

leadership

Shakarov Oʻktam Berdiboyevich

Ilmiy qiziqishlari sohasi: Siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi va rahbar axloqi, adolatli boshqaruvni tashkil etish mezonlarini ishlab chiqish, siyosat va axloq.
 
Maʼlumoti va ilmiy izlanishi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” yoʻnalishida tahsil olgan. 2018-yil Oʻzbekiston Milliy Universitetida “Rahbar axloqi va adolatli boshqaruvni tashkil etish muammolari” mavzusida siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.
 
Ish tajribasi: Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashida mutaxassis, bosh mutaxassis va boʻlim boshligʻi, Toshkent bank hisob kredit kollejida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, Toshkent arxitektura qurilish instituti katta oʻqituvchisi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, Renessans taʼlim universiteti  “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borgan.
 
Olib boradigan dars mashgʻulotlari (modullar):
Siyosatshunoslik, Oʻzbekistonning eng yangi tarixi. Boshqaruv va rahbar axloqi
 
Ilmiy faoliyat yoʻnalishlari va yutuqlari: Rahbar axloqi va adolatli boshqaruvni tashkil etish muammolari, davlat boshqaruvida rahbar axloqi mezonlarini takomillashtirish mexanizmlari, davlat xizmatchilarining axloqiy qiyofasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshidagi  DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03 raqamli Ilmiy seminar kotibi, Oʻzbekiston sud-ekspertizasi jurnali tahrir hayʼati aʼzosi.
leadership

Sobirov Muzaffar Azatovich

  • Lavozimi:
  • Mutaxassisliklar:
  • Elektron pochta:
Ilmiy qiziqishlari sohasi: Energiya tizimlarini monitoringini energo-axborot modelining dasturiy vositalari.
 
Maʼlumoti va ilmiy izlanishi: Toshkent temir yoʻl muxandislari instituti “Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari” mutasassisligi magistri. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univesiteti ilmiy izlanuvchisi. Hozirda “Telekommunikatsiya gibrit energiya taʼminoti manitoringi nazorati va boshqaruv jarayonlarining energo-axborot modeli” mavzusida ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqda.
 
Ish tajribasi: Axborot texnologiyalari universiteti talabasi, Xorazm viloyati Bogʻot tumani yengil sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchisi, Toshkent aloqa kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot xavfsizligi” fakulteti metodisti, kafedra katta oʻqituvchisi, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi bosh mutaxassisi, “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakulteti v.b dekani xamda Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlim boshligʻi, Renessans taʼlim universiteti “Kunduzgi va kechki taʼlim” fakulteti dekan muovini lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Vazifasi: Talabalarning o‘zlashtirishlari, mashg‘ulotlarga qatnashish va o‘quv jarayonining borish haqida doimo axborot berish.
Talabalar uchun barcha zaruriy hujjatlar (shaxsiy varaqa, o‘quv varaqasi, reyting daftarchasi, talabalik guvohnomasi va boshqalar)ni rasmiylashtirish.
Ish rejasiga muvofiq o‘quv guruhlarini shakllantirish va guruhlarning mashg‘ulotlarga qatnashuvini hisobga olish jurnalini rasmiylashtirish. Uning saqlanishi va guruhlar sardorlari va o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilishini doimo nazorat qilib borish.
Talabalarning mashg‘ulotlarga qatnashuvini muntazam nazorat qilish (haftada har bir o‘quv guruhi va potogi kamida 1-2 marta), dekan belgilagan muddatda davomat yakunini chiqarish.
Talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash va akademik qarzlarni bartaraf etish jadvalini o‘z vaqtida tuzish, o‘quv jarayoni va o‘quv mashg‘ulotlari grafigi bajarilishini kuzatib borish.
Muntazam ravishda murabbiylar va guruh faollari bilan birga talabalar o‘rtasida tarbiyaviy ishlar o‘tkazish, zaruriy vaziyatlarda talabalarning ota-onalarini xabardor qilish yoki ularni dekanatga chaqirish.
leadership

Mirxodjayeva Dilobar Davronbekovna

Ilmiy qiziqishlari sohasi: Psixologiya, Psixologik treninglar, psixologiya tarmoqlari.
 
Maʼlumoti va ilmiy izlanishi: Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Kasb taʼlimi” yoʻnalishida tahsil olgan. 2021-yil Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Dukkakli don ekinlaridan olingan unlarni non-bulka mahsulotlari sifatiga taʼsirini tadqiq qilish” mavzusida texnika fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.
 
Ish tajribasi: 2013-2014-yy.- Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Menejment va kasb taʼlimi” fakulteti dekan muovini, 2014-2018 -yy.- TKTI “Kasb taʼlimi” kafedrasi assistenti, 2018 - 2021yy. - “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi tayanch doktoranti PhD, 2021 yy. - TDTU “Muhandislik texnologiyalari” fakulteti “Biotexnologiya” kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2022-y.- TDTU “Muhandislik texnologiyalari” fakulteti “Biotexnologiya” kafedrasi dotsenti, 2021-y. 2023 yy. - TDTU “Muhandislik texnologiyalari” fakulteti oʻquv ishlar boʻyicha dekan muovini lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borgan. 2023-y. 5-oktyabrdan- Renessans taʼlim universtiteti “Kunduzgi va kechki” fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini lavozimlarida mehnat faoliyatini olib bormoqda.
 
Olib boradigan dars mashgʻulotlari (modullar):
Pedagogik mahorat, Pedagogika
 
Ilmiy faoliyat yoʻnalishlari va yutuqlari: Undirilgan arpa va makkajoʻxori uni asosida unli yarim tayyor qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq etish, toʻgʻri ovqatlanishda glyutsensiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish. “SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL” va “TECHNICAL SCIENCE AND INNOVATION” jurnallarii tahririyati aʼzosi.
leadership

Isoqova Nigora Abdirashid qizi

  • Lavozimi:
  • Mutaxassisliklar:
  • Elektron pochta:
Ilmiy qiziqishlari sohasi: Boshlangʻich taʼlim va sport faoliyati
 
Maʼlumoti va ilmiy izlanishi: Qarshi davlat pedagogika universiteti.
 
Ish tajribasi: Toshkent shahar Olmazor tumani 16-maktab oʻqituvchisi, Renessans taʼlim universiteti rektor kotibasi.
leadership

Normatov Sarvarjon Toirjon oʻgʻli

  • Lavozimi:
  • Mutaxassisliklar:
  • Elektron pochta:
leadership

Hasanov Vaxob Shakarboy oʻgʻli

  • Lavozimi:
  • Mutaxassisliklar:
  • Elektron pochta: