Universitetimiz talabalarini “Jismoniy madaniyat va sport” fanidan “Badiiy gimnastikachilarning egiluvchanlik sifatlarini oshirish” mavzusidagi mahorat darsiga taklif etamiz.
Mashg‘ulot “Komil inson” + “Mahoratli mutaxassis” = “Shaxs” formulasi asosida tashkil etilib, uni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi, 1-toifali hakam, Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati sovrindori Zamira Sanokulova olib boradi.
Dars 11-noyabr kuni, soat 10:00 da, Shayxontohur tumani sport maktabida boshlanadi. Barchani ushbu mahorat darsiga taklif etamiz.