Axmatilloyeva Sevinch Bunyodullo qizi – birinchidan qora belbog‘ unvoni sohibasi

newsIn

Renessans ta’lim universiteti “Sport faoliyati” 26-23-guruh talabasi Axmatilloyeva Sevinch Bunyodullo qizi 17-18-noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Osiyo Kubogida Taekwondo ITFning “Tuli” yo‘nalishida 3-o‘rin, 53 kg vazn toifasida 2-o‘rinni egallagan.
 
Shuningdek, 19-noyabrda o‘tkazilgan Xalqaro turnirda 55 kg vazn toifasida 2-o‘rin, “Tuli” bahslarida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston Taekwondo federatsiyasi tomonidan diplom va medal bilan taqdirlangan.
 
Avvalroq, S.Axmatilloyeva Koreya “Kukkiwon” Taekwondo Akademiyasi tomonidan 1-dan qora belbog‘ unvoni sohibasi bo‘lgan.
 
2022-yilda Toshkent viloyati Kubogi chempionatida 3-o‘rinni egallagan.
 
2019-yilda:
Toshkent viloyati chempionatida 38 kg vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan;
Toshkent shahar Ochiq chempionatida 40 kg vazn toifasida 1-o‘rin, tuli bahslarida 2-o‘rin bilan O‘zbekiston Taekwondo federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan taqdirlangan;
Jizzax ochiq chempionatida 35 kg vazn toifasida O‘zbekiston Taekwondo assotsiatsiyasi Jizzax bo‘limi tomonidan 1-o‘rinni egallagan;
Toshkent shahar Ochiq kubogida 40 kg vazn toifasida 2-o‘rin, tuli bahslarida 1-o‘rin bilan O‘zbekiston Taekwondo federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan taqdirlangan;
O‘zbekiston Chempionatida 35 kg vazn toifasida 2-o‘rin bilan Jismoniy tarbiya va Sport Vazirligi tomonidan taqdirlangan;
Toshkent viloyati Taekwondo bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.
 
2018-yilda:
O‘zbekiston Chempionatida 34 kg vazn toifasida 1-o‘rin, tuli bahslarida 3-o‘rin bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va Sport Vazirligi tomonidan taqdirlandi;
Sirdaryo viloyati ochiq chempionatida O‘zbekiston an’anaviy Taekwondo federatsiyasi Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan 30 kg vazn toifasida 1-o‘rin, tuli bahslarida 1-o‘rin bilan taqdirlandi;
O‘zbekiston Kubogida Jismoniy tarbiya va Sport vazirligi tomonidan  34 kg vazn toifasida 1-o‘rin, tuli bahslarida 2-o‘rin bilan taqdirlandi;
Toshkent viloyati federatsiya bo‘limi tomonidan Yil sportchisi sertifikati bilan taqdirlangan.