Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi

O’zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk sarkarda, shoh va shoir buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur Movarounnahr tarixida o’chmas iz qoldirgan, Afg’oniston va Hindistonda esa bir necha asrga tatigulik burilish yasagan. Bobur ushbu mamlakatlar xalqlarining madaniy-ijtimoiy o’zgarishlarni amalga oshirgan shaxs hisoblanadi. Yurtimizda ham buyuk bobokalonimiz ijodi doimiy o‘rganilib kelinmoqda.
 
Ulug‘ ajdodimizning hayotiy o‘gitlarini o‘rganish, asarlarini e’tirof etish har bir avlodning burchi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu yil bobomiz tavalludining 541 yilligi munosabati bilan joriy yilning 12-fevral kuni Renessans ta’lim universitetining “Iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan 1-kurs talabalari ishtirokida buyuk sarkarda shoh va shoir bo‘lmish Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab bayram tashkil etildi. Talabalarimiz Bobur hayoti va ijodiy faoliyati haqida so‘zlab, bobomizning mashhur g‘azallaridan aytishdi.
 
Renessans ta’lim universitetining 1-kurs talabasi Musayev Bekzod tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning hayoti va ijodi haqida qiziqarli va mazmunli ma’lumotlar berib o’tildi hamda "Adiblar Xiyoboni"ga ham tashrif buyirildi.