Renessans ta'lim universiteti talabalari yuksak muvaffaqiyatlarga erishishda davom etmoqda.
Bu yil universitetimizning qator iqtidorli talabalari nomli davlat stipendiyalari sohibiga aylandilar. Jumladan:
Xasanov Vahobiddin Shakarboy o'g'li – Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi 4-bosqich talabasi. U Islom Karimov nomli davlat stipendiyasini qo'lga kiritdi.
Toshimova Sevinch Salohiddin qizi – Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi 3-bosqich talabasi. Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibiga aylandi.
Mamatqulova Madina Shavkat qizi – Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi 3-bosqich talabasi, u ham Navoiy nomli davlat stipendiyasi bilan taqdirlandi.
Murotaliyeva Nazokat Obidjon qizi – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) yo'nalishi 4-bosqich talabasi. Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibiga aylandi.
Siddiqova Madinaxon Zohid qizi – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) yo'nalishi 4-bosqich talabasi Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi bo'ldi.
Har bir stipendiya – bu nafaqat mukofot, balki talabalar oldidagi mas’uliyat va imkoniyatlar eshigidir.
Kelajak ularning qo‘lida! Renessans ta'lim universiteti ushbu talabalarni doimo qo‘llab-quvvatlab, ularga o‘z orzularini ro‘yobga chiqarishda ko‘makdosh bo'ladi.
Stipendiatlarimizni chin dildan tabriklaymiz va ularga yangi yilda ulkan zafarlar tilaymiz!