Renessans ta’lim universitetida Shayxontohur tumani IIO FMB yoshlar masalalari bo‘yicha katta inspektori podpolkovnik Sh.R.Qodirov tomonidan yoshlarga odob-axloq masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuvda hozirgi kunda yoshlar orasida sodir bo‘layotgan dolzarb muammolar muhokama qilindi. Bunga misol tariqasida bugungi kunda urfga kirgan elektron sigaretadan foydalanishning nohush oqibatlari, telefondan foydalanishda etika qoidalariga amal qilish, ya’ni shaxsiy rasmlarni ehtiyot qilishlik to‘g‘risidagi muhim tavsiyalarni aytish mumkin.