Yangi Oʻzbekistonning yangi sahifasi: Islohotlar talabalar nigohida

Yangi Oʻzbekistonning yangi sahifasi: Islohotlar talabalar nigohida

Yangi Oʻzbekistonning yangi sahifasi: Islohotlar talabalar nigohida

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 18-19-noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislarida, shuningdek, 20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining  Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida belgilab berilgan strategik vazifalarning mohiyatini talaba-yoshlar va professor-oʻqituvchilar ongiga singdirish maqsadida Renessans taʼlim universitetida “Yangi Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy islohotlari” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirning asosiy mehmoni – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi va “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, jumladan, sud-huquq va saylov tizimidagi islohotlar, inson huquqlarini taʼminlash, axborot va soʻz erkinligi hamda ijtimoiy sohadagi oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Talabalar uchun uchrashuv jonli muloqot maydoniga aylandi – ular oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil va asosli javob oldilar. Bobur Bekmurodovning islohotlar yuzasidan ochiqligi va talabalarning dolzarb masalalarga munosabati uchrashuvni yanada mazmunli qildi.

Tadbir yakunida universitet rahbariyati mehmonni esdalik sovgʻasi bilan taqdirladi. Ushbu uchrashuv Yangi Oʻzbekiston islohotlariga nisbatan talabalar qiziqishi yuqori ekanini yana bir bor namoyish etdi.