Renessans taʼlim universiteti Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi "Milliy tiklanish" DP Toshkent shahar Kengashi hamda hamkorligida "Yangi O‘zbekiston - islohot, yuksalish va natijalar” mavzusida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati To‘laboyev Azamjon Qurbonovich qatnashdi.
Deputat o'z so'zida Prezidentimizning "Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat"- degan gaplarini taʼkidladi.
Jarayon davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga batafsil javoblar olishdi. Shu tarzda deputat va yoshlar o‘rtasida samimiy, ochiq va qizg‘in muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘nggida, faollik ko‘rsatgan talabalarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.