Renessans ta'lim universiteti va Xitoyning Shinjon universiteti o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda rektor Nusratilla Barakaev, Xalqaro aloqalar bo‘limi vakillari hamda Shinjon universiteti vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv mobaynida tomonlar hamkorlikning turli jihatlarini muhokama qilishdi. Unga ko‘ra talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi orqali hamkorlikni chuqurlashtirishga o‘zaro xohish bildirildi. Shu bilan birga, yozgi oromgohlar dasturlariga alohida e'tibor qaratildi.
Shinjon universiteti vakillari Renessans ta'lim universitetini Xitoyning Urumchi shahridagi o‘qituvchilar va talabalari uchun yozgi lager programmalariga taklif qildi. Tomonlar yozgi oromgoh dasturining barcha xarajatlari aviachiptalardan tashqari qoplanishi xususida kelishib olishdi.
RTU rektori Nusratilla Barakaev tajriba boyitish va bilim almashish maqsadida universitet o‘qituvchilarini Xitoyning Urumchi shahridagi Shinjon universiteti kampusidagi yozgi ta’limga yuborishga qaror qildi.
Uchrashuv juda samarali yakunlanib, tomonlar kelgusida hamkorlik va tajriba almashishga tayyor ekanliklarini bildirdi.