Xalqaro konferensiyada O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Asqarov Axmadali Asqarovich “Inson tafakkurining rivojlanish bosqichlari” mavzusida so‘z yuritdi

U nutqida o'zbek davlatchiligining shakllanishi, Birinchi hamda Ikkinchi Renessans davrida fan va madaniyat rivojlanishi, Renessans g‘oyalarining zamonaviy ilmiy jarayonlarda namoyon bo‘lishi, shuningdek, inson tafakkurining shakllanishidagi asosiy bosqichlar haqida so‘zlab, har bir bosqichning ta’lim, madaniyat va ilm-fanga bo‘lgan aloqasi, shuningdek, yosh avlodning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishdagi roli haqida to‘xtaldi. 
Axmadali Asqarovichning fikricha, tafakkur rivoji shaxsning dunyoqarashi, tanqidiy fikrlash qobiliyati va yangi g‘oyalarni yaratish imkoniyatlariga bevosita ta’sir qiladi.
Shuningdek, akademik ta’lim jarayonida innovatsion metodlarni qo‘llash, ilmiy tadqiqotlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali yoshlar tafakkurini yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.