Xalqaro darajadagi biznes trenerdan mahorat darsi

Xalqaro darajadagi biznes trenerdan mahorat darsi

Tashkiliy va boshqaruv ko‘nikmasiga ega biznes murabbiy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi o‘qituvchisi, Falsafa fanlari nomzodi Zaxarova Irina Borisovna ishtirokida trening tashkil etildi. U Rossiya, AQSh, Germaniya, Finlandiya kabi ko‘plab davlatlarda xalqaro malaka oshirish dasturlarida ishtirok etgan.
 
Renessans ta’lim universitetining “Iqtisodiyot” kafedrasi talabalari ishtirok etgan seminarda iqtisodiyotda sindikat faoliyati, oligopoliya, kartel, raqobatning salbiy tomonlari, inflatsiya, bankrotlik, differensial daromad, salbiy va ijobiy informatsiyalar haqida trener qiziqarli ma'lumotlarni berib o‘tdi.
 
Xalqaro qo‘shimcha dasturlar rahbari I.B.Zaxarovaning ta’kidlashicha, “bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishda ikki korxonaning birlashuvi va faoliyatda sog‘lom iqtisodiy raqobatni shakllantirishga sindikat faoliyati deyiladi. Afsuski, O‘zbekistonda sindikat boshqaruv ko‘nikmasini egallagan mutaxassislar juda kam. Talabalar esa, iqtisod sohasida turli boshqaruv ko‘nikmalarini egallashlari kelgusida ish faoliyatida yuqori daromadli kadr bo‘lishlarini ta’minlaydi”.