RTU faollar zalida Ta’lim sifatini monitoring qilish bo‘limi tashabbusi bilan akkreditatsiya va universitet reytingi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun trening tashkil etildi.
Ko‘p yillik tajribaga ega ustozlar tomonidan yosh kadrlarga xalqaro reytinglarda universitet darajasini oshirish jarayonlari va talablari, kredit-modul tizimi, asosiy va tanlov fanlari haqida maʼlumotlar berilib, ushbu jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha taqdimot qilindi.
Shuningdek, seminar davomida akkreditatsiya bosqichlari va tartiblari, Hemis dasturidan foydalanish, yangilangan kategoriyalari bilan ishlash tartibi tushuntirib berildi.
Uchrashuv yakunida kelgusi yilda universitet oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilinib, bu kabi ustoz-shogird tajriba almashinuvi har haftada bir marotaba o‘tkazilishi kelishib olindi.