“Jasorat-millat g‘ururi va iftixori” shiori ostida 9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Filologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan "Unutmoq osonmas sizlarni" deb nomlangan madaniy, ma'naviy- ma'rifiy kecha tashkil qilindi.
.
Tadbirni "Filologiya" kafedrasi mudiri, professor Mo‘minjon To‘rayevich Turdibekov ochib berdi. Undan so‘ng, monitorda urush faktlari va o‘sha davrdagi qiyinchiliklar aks etgan videorolik qo‘yib berildi.
Undan keyin, Filologiya fanlari doktori, professor Suvonov Zavqiddin she’r o‘qidi va Xotira va qadrlash kunining tarixiga nazar tashladi.
Navbat sirtqi ta’lim talabalariga kelganda, ular turfa xil ajoyib chiqishlar qilishdi. Jumladan, raqs, she’r, sahna ko‘rinishi - bular o‘tirganlarning olqish va e’tiroflariga sabab bo‘ldi.
Eng quvonarlisi, bir talaba tomonidan Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi” ariasini qoyilmaqom qilib ijro etilgani bo‘ldi.