Toshkent shahridagi Inha universitetida Yoshlar ittifoqi yetakchilari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent shahridagi Inha universitetida Yoshlar ittifoqi yetakchilari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent shahridagi Inha universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, ular yaratgan loyihalarni ishlab chiqish va yuqori bosqichga olib chiqish maqsadida memorandum imzolandi.
 
Uchrashuvda Yoshlar ittifoqi yetakchilari tashabbusi bilan poytaxtning 9 ta oliy o‘quv yurtlari: Renessans Ta’lim Universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, TMS instituti, Oriental universiteti, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi, Sharq universiteti, Profi universiteti, Diplomat universiteti, Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti bilan o‘zaro kelishuvga erishildi. 
 
Kelishuvga ko‘ra, yuqoridagi oliy ta’lim muassasalari hamkorlikda kibersport va media proyektlar, seminar-treninglar, debat va ko‘ngilochar tadbirlar kabi loyihalarni tashkil etishlari, shuningdek, moddiy texnik bazadan foydalanish imkoniyati taqdim etildi.
 
#poytaxt  #yoshlar #tadbir #memorandum