Temuriylar tarixi davlat muzeyida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

Temuriylar tarixi davlat muzeyida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar tarixi davlat muzeyida buyuk shoir, mutafakkir Alisher Navoiy va davlat arbobi, ijodkor va geograf Z.M.Bobur tavalludi kuni munosabati madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
 
Tadbirda Renessans taʼlim universiteti tarix yoʻnalishi talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.  
 
Shuningdek, ma'rifiy kechada tarixchi olimlar va ijodkorlarning ilmiy maʼruzalari tinglandi hamda shoirlar, yozuvchilar va sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan A.Navoiy va Bobur ijodiga mansub gʻazallar tadbir ishtirokchilarida yoqimli taasurot qoldirdi.
 
Tashrif davomida talaba yoshlar ishtirokida ijodkorlarning hayoti va ijodiga oid intellektual savollar oʻtkazildi. 
 
 Tadbir yakunlangach Renessans taʼlim universiteti talabalari “Ijtimoiy-siyosiy” fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Sh.Hazratov bilan muzey ekspozitsiya zallarini tomosha qildilar.