“Taraqqiyot strategiyasi: Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Taraqqiyot strategiyasi: Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun yurtimizda davlatimiz tomonidan yoshlarning har tomonlama barkamol va yetuk, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan insonlar bo‘lib yetishishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib, katta e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Zero, yoshlar – har qanday jamiyatning ertasidir.
Renessans ta’lim universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi tashabbusi bilan “Taraqqiyot strategiyasi: Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”dan o‘rin olgan yoshlar masalasi borasida o‘zaro fikr almashildi.
 
Davra suhbatida Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Salimov Baxtiyor Tadjiyevich so‘zida so‘nggi besh yilda mamlakatimiz yoshlari hayotida tarixiy burilish yasagani, bunga “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni misol bo‘la olishi borasida to‘xtaldi.
Shuningdek, mamlakatimizda yosh deputatlar 6 foizdan oshganiga e’tibor qaratarkan, buni yoshlarning o‘zlarini, siyosiy irodalarini ifoda etishlari uchun berilgan eng katta imkoniyat deya baholadi.
 
Qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lgan davra suhbatida taraqqiyot strategiyasidan kelgusi yillarda yoshlarning fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan maqsadlar o‘rin olganini e’tirof etishdi. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, yoshlar Yangi O‘zbekistonni barpo etishda doimo oldingi safda bo‘lishlarini ta’kidlashdi.