Ta’limni xorijda davom ettirish va 2+2 dasturlari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Ta’limni xorijda davom ettirish va 2+2 dasturlari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Xalqaro aloqalar bo‘limi tashabbusi bilan Renessans ta’lim universiteti faollar zalida xorijiy universitetlarda o‘qish, grand dasturlarni yutib olish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.  
Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor Byung Gwun Choy xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro almashinuv dasturlari doirasida shartnomalar tuzilayotgani haqida talabalarga ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, muhandislik sohalari bo‘yicha Koreyadagi  “Koreya aerokosmos universiteti” va “Gangneung” milliy universiteti, Malaziyaning “Utara” universiteti bilan o’zaro talaba almashinuvi dasturlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. “Kelishuvga muvofiq Malaziyaga 20 nafar, Koreyaga 5 nafar talaba ta’lim olish uchun yuborilishi mumkin. Kelgusida bu ko‘rsatkichni yanada oshiramiz” deydi, Professor Choy.  
Seminar davomida Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Murod Sulaymonov talabalarning chet elda tahsil olishi, bir yoki undan ortiq semestrda boshqa bir davlatda o‘qish imkoniyatlari, xorijiy OTMlariga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar, ariza topshirish jarayoni, qabul qilinishning eng oson yo‘llari, grantlar va stipendiyalarni yutish texnikalari haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi.  
 
Bundan tashqari, Koreya davlatida mos mutaxassisliklar bo‘yicha ta’limni davom ettirish istagida bo‘lgan talabgorlardan ingliz tili bilish darajasi B2 yoki Koreys tili malakasi bo‘lishi lozimligi aytib o‘tildi. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.