Talabalar uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi

Talabalar uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi

Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 781-son qarorida 2021-yildan boshlab har yili oliy ta’lim muassasalarida “Kitobxonlik yarmarkasi”ni o‘tkazish belgilangan.
 
Renessans ta’lim universiteti va “Feniks” nashriyoti hamkorligida talabalarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida kitoblar yarmarkasi o‘tkazildi.
 
Unda nashriyot tomonidan chop etilgan o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlari, shuningdek, turli janrlarda chop etilgan kitoblar bilan yaqindan tanishish hamda arzon narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratildi.