O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi qo‘shma qaroriga asosan Renessans ta’lim universitetida fakultetlararo bellashuv o‘tkazildi. Unda talabalardan iborat 5 ta jamoa tanlagan asarlarining badiiy-g‘oyaviy boyligi, musiqiy ifodasi, kiyim, rekvizit, dekoratsiya va boshqa jihatlardan foydalanish imkoniyati hamda havaskor ijrochi aktyorlarning mahorat darajasi hisobga olindi.Talabalar tomonidan namoyish etilgan sahna asarlarida qurolli kuchlar, madaniy meros va milliy qadriyatlar, oila, jamiyat, yoshlar orasida yuzaga kelayotgan muammolarga yechim kabi jarayonlarni namoyish etishgan. Tanlov nizomiga ko‘ra ishtirokchilar “Eng yaxshi erkak roli uchun”, “Eng yaxshi ayol roli uchun”, “Jamoa ijodkor talabasi”, “Eng yaxshi talabalar studiyasi rahbari”, “Eng yaxshi sahna asari” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlanishdi. Birinchi o‘rinni egallagan Pedagogika va filologiya kafedrasining talabalar jamoasi keyingi respublika bosqichiga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.