2024-yil 27-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga oʻtkazilgan saylovda Renessans taʼlim universiteti professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalar faol ishtirok etishdi.
Talaba-yoshlar saylovda faol qatnashib, Vatanimiz kelajagi, orzu-umidlari roʻyobi uchun ovoz berishdi.
Maʼlumot uchun: Ovoz berish jarayonlari Shayxontohur tumanidagi 385- hamda 388-saylov uchastkalarida tashkil etildi.