Renessans ta’lim universiteti faollar zalida Filiologiya kafedrasi va Axborot-resurs markazi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Eng faol kitobxon qizlar” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.
Ijodiy kechani tadbir tashkilotchilari F.Saidova va B.Axmedovlar ochib berib, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so‘ng Axborot-resurs markazi xodimi Baxtiyor Axmedov o‘z so‘zida axborotlashgan jamiyat barpo qilishda Axborot-kutubxona va Axborot-resurs markazlarining roli ortib borayotgani, yosh avlodning ma’naviyatini boyitish, ularning dunyoqarashini shakllantirishda badiiy adabiyotning o‘rni yuqori ekanligini bildirdi. Kitobga oshno bo‘lgan inson undan ma’naviy ozuqa oladi, dunyoqarashi kengayib, yomon bilan yaxshini farqlaydi, – deya, ta’kidladi.
Kechaning birinchi qismida turli yo‘nalishlardan qatnashgan ishtirokchi qizlar:
1.Tangriyeva Madina – J.Jovliyevning “Qo‘rqma”;
2.Usmonova Sevinch – O‘.Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”;
3.Abdullayeva Umidxon – P.Qodirovning “Yulduzli tunlar”;
4.Bo‘ronova Marjona – A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar”;
5.Muxtorova Gavharoy – O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarlari haqida fikr va mulohazalarini yig‘ilganlarga taqdimot qilishdi.
Ikkinchi qismda talaba-qizlar mahoratlarini she’r va ijod namunalari orqali namoyish etishdi. Uchrashuv davomida universitetning yosh va iqtidorli talabasi Sarvinoz To‘xtayeva o‘zining erishgan yutuqlari haqida opa-singillariga so‘zlab berdi.
Yakunda barcha ishtirok etgan qizlarga Axborot resurs markazi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.