“Tafakkur falsafasi” mavzusida professorlar tomonidan dual maʼruza o‘tkazildi

“Tafakkur falsafasi” mavzusida professorlar tomonidan dual maʼruza o‘tkazildi

 Renessans taʼlim universiteti Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan sirtqi taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun falsafa fanlari doktori, professor T.Joʻrayev hamda siyosiy fanlar doktori, professor T.Alimardonovlar ishtirokida “Tafakkur falsafasi” mavzusida dual ma’ruza mashgʻuloti tashkil etildi.
 
Dastlab, falsafa fanlari doktori, professor T.Joʻrayev maʼruza qildi. U oʻz soʻzida tafakkurning kelib chiqishi, turlari uning yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanashini taʼkidladi.. Shuningdek, tafakkurning mifologik, diniy va ratsional-ilmiy turlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Mashgʻulot davomida siyosiy fanlar doktori, professor T.Alimardonov tinglovchilarga o‘zining sohasiga oid siyosiy tafakkur tushunchasi to‘g‘risida so‘zlab, jumladan, siyosiy ong, siyosiy jarayonlarni tahlil qilish va oʻrganish insonlarni siyosiy jihatdan faol jamoatda qatnashishiga turtki bo‘lishi va ularning siyosiy tushunchalarini shakllantirishda yordam berishi xususida gapirdi.
 
Ma’ruza so‘nggida, talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.