Startap loyihalarni rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasi bilan memorandum imzolandi

Startap loyihalarni rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasi bilan memorandum imzolandi

Xitoyning Shinjon shahri delegatsiyasidan iborat jamoa Renessans ta’lim universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun tashrif buyurdi.
 
Tashrif doirasida Universitetda talabalarni xitoy tiliga o‘qitish, startap loyihalarni rivojlantirish maqsadida Renesans universitetida “Xitoy til va madaniyat markazi”ni ochish taklifi berildi.
 
Xitoyning Akesu viloyati Ipak yo‘li innovatsion parki, Shinjon Lechun intellektual texnologiya kompaniyasi va Shinjon zamonaviy iste’dodlarni rivojlantirish va boshqarish kompaniyasidan iborat delegatsiya dron va robototexnika sohasini yuqori pog‘onaga olib chiqish hamda Shinjon shahri va mahalliy biznes vakillari bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida o‘zaro kelishuvga erishildi. 
 
Qisqa muddat ichida Shinjon shahri biznes trenerlari tomonidan Renessans ta’lim universitetida tadbirkorlar, talabalar va o‘qituvchilarning malakasini oshirish va tajriba almashish jarayonlari yo‘lga qo‘yiladi.