Toza havoda va yirik shaharlardan uzoqda sport bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radiganlar uchun O‘zbekiston ayni joy hisoblanadi. Yumshoq iqlim deyarli butun yil davomida sportning ko‘p turlari bilan shug‘ullanishga imkon beradi.
Renessans ta’lim universiteti sport yo‘nalishi talabalari Toshkent viloyati Xojikent tog‘ yon bag‘rilarida professional ustozlar hamrohligida amaliy mashg‘ulot o‘tkazishdi.
Mashg‘ulotda talabalarga sport turizmida sayyohning asosiy ko‘nikmalariga quyidagilar kirishi tushuntirildi:
Birinchi yordam ko‘rsatish, jabrlanganlarni evakuatsiya qilishni tashkil etish va o‘tkazish, lager va vaqtincha to‘xtash joylarini tanlash va o‘rnatish, arqonlar bilan ishlash, harakatlanish texnikasi va boshqa tabiatdagi to‘siqlarni yengib o‘tish, o‘z-o‘ziga yordam berish, ovqat tayyorlash, jihozlarni ta’mirlash, yo‘nalish va navigatsiya, psixologik ish va nizolarni hal qilish.
Bu kabi tashkil etiladigan amaliy jarayonlar talabalarning har qanday sharoitda individual harakat qilishga, mustaqil qaror qabul qilishga, ektremal holatlarga tayyor turishga o‘rgatadi.